BANDLIK:  NAVBATDAGI  MEHNAT  YARMARKASI

Forish tumanida ishsiz fuqarolar, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman ichki ishlar bo‘limi, tuman soliq inspeksiyasi, tuman yoshlar ishlari bo‘limi hamda tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Mazkur tadbir keng ko‘lamda tashkil etilib, unda tumanda faoliyat olib borayotgan 50 dan ziyod korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlarining 163 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etishdi.

Yarmarkaga tashrif buyurgan 109 nafar ishsiz fuqarolar hamda yoshlar o‘zlari qiziqqan sohalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar olish imkoniga ega bo‘lishdi, — deydi Forish tuman hokimligi matbuot kotibi Umidjon Nurullaev. — Ular shu joyning o‘zida tegishli hujjatlarini tegishli korxonalarga topshirishdi. Tadbir davomida profilaktik hisobda turgan va ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamga, xususan, probatsiya guruhidagi yoshlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Natijada, ular o‘zlariga mos bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishdi va mutasaddilardan amaliy maslahatlar olishdi.

Qizg‘in va amaliy ko‘mak ruhida o‘tgan ko‘rgazma yakunida 10 nafarga yaqin fuqaroning bandligi ta’minlanib, ularga doimiy ishga joylashish uchun rasmiy yo‘llanmalar topshirildi. Tumanda aholi farovonligini oshirish va yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi amaliy sa’y-harakatlar izchil davom ettirilmoqda. 

Xolnisa RAHMONQULOVA.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *