VILOYATIMIZ VAKILLARI SOVRINDORLAR SAFIDA

Toshkent viloyati CHirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti majmuasida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimizning barcha hududlaridan yig‘ilgan 800 nafardan ziyod sportchi sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib borishdi.

O‘zbek jang san’atining “Mergan chavandoz”, “Mergan sportchi” hamda “Temuriylar bellashuvi” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tgan musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, kattalar o‘rtasida viloyatimiz jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu natija viloyatimizda milliy sport turlarini rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va yuqori malakali sportchilarni tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlarning samarasidir.u 

Yusufbek SAYDALIEV.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *