YERGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!

Yer – davlat mulki. Uning har qarichidan asrab-avaylab foydalanish barchaning birdek burchidir. Biroq yer to‘g‘risidagi qonunbuzilish holatlarining oldini olish yuzasidan keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilayotganiga qaramasdan, yerlarni noqonuniy egallash va noqonuniy obyektlar qurish bilan bog‘liq jarayonlar hamon davom etayotgani achinarlidir.

2026-yilning 1-mart holatiga o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlari natijasida Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan jami 21,1 gektar maydonda 598 ta noqonuniy holat, shundan o‘zboshimchalik bilan 274 ta holatda uy-joy, shundan 164 ta holatda tomorqa sifatida, 164 ta holatda  noturar-joy binolar qurib olish, 1 ta holatda karyer tashkil etish, 159 ta holatda yer maydonlaridan boshqa turli maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlandi.

Noqonuniy egallab olingan yer uchastkalari yer fondi toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda 91  ta holatda qishloq xo‘jaligi, 467  ta holatda aholi punkti yerlari,10  ta holatda sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yerlar, 1 ta holatda  tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo’ljallangan yerlar, 1 ta holatda o’rmon fondi yerlari, 14  ta holatda suv fondi va 14 ta holatda yer maydoni zaxira yer fondi toifasiga to‘g‘ri kelishi aniqlangan.

Aniqlangan 598 ta holatlarning barchasi bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga noqonuniy egallab olingan yerlarni qaytarish va qurilmalarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilib, 400  gektar maydonda holat ixtiyoriy bartaraf etilishi ta’minlandi.

Berilgan yozma ko‘rsatmalar natijasida ixtiyoriy bartaraf etilmagan holatlarni inobatga olib tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan qo‘shma tartib asosida 5 ta holat prokuratura organlariga, 9 ta holat esa Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalar kiritildi, bundan tashqari 264 ta holatda yerlardan maqsadsiz foydalanish bo‘yicha tuman hokimliklariga taqdimnomalar kiritildi.

Bundan tashqari, yer qonunbuzilish sodir etgan huquqbuzarlarning 285 nafariga 10 mlrd. 967 mln. 76 ming so‘mlik jarima jazosi tayinlanib, agentlik tomonidan 178 mln. so‘mlik jarimalar undirilishi ta’minlangan bo‘lsa, 15 kunlik muddatda ixtiyoriy to‘langan jarimalar uchun 118 mln. so‘mlik imtiyoz qo‘llanilgan. 19 ta ta holatda 865 mln. so‘mlik qo‘llanilgan jarimalar majburiy tartibda undirilishi uchun MIB organlariga yuborilgan.

Qolgan 189 ta holatda 9 mlrd. 805 mln. so‘mlik qo‘llanilgan jarimalarni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Noqonuniy holatlar tumanlar kesimida:

Arnasoy tumanida 39 ta holatda 0,1 gektar

Baxmal tumanida 28 ta holatda 3,1 gektar

G‘allaorol tumanida 81 ta holatda 3,5 gektar

Sh.Rashidov tumanida 70 ta holatda 2,0 gektar

Do‘stlik tumanida 29 ta holatda 0,6 gektar

Zomin tumanida 49 ta holatda 1,1 gektar

Zarbdor tumanida 71 ta holatda 8,8 gektar

Zafarobod tumanida 25 ta holatda 0,3 gektar

Mirzacho‘l tumanida 26 ta holatda 0,1 gektar

Paxtakor tumanida 71 ta holatda 0,8 gektar

Forish tumanida 39 ta holatda 0,2 gektar

Yangiobod tumanida 23 ta holatda 0,02 gektar

Jizzax shahrida 47 ta holatda 0,4 gektarni tashkil etadi.

Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasining 2026-yil uchun noqonuniy qurilmalar va o‘zboshimcha egallangan yerlarni aniqlash bo‘yicha reja-grafik ishlab chiqilgan bo‘lib, agentlikning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 950 ta holatda noqonuniy qurilmalar va o‘zboshimcha egallagan yerlar hamda 250 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlarini aniqlash va chora ko‘rish vazifasi belgilangan.

Kadastr organlari xodimlari tomonidan albatta bundan keyingi davrlarda ham prokuratura, sud organlari, soliq idoralari, majburiy ijro byurosi kabi tegishli soha vakillari bilan hamkorlikda yer nazorati tizmida amaliy ishlar olib boriladi. Zero, yerga e’tibor kelajakka e’tibor demakdir!

 

N. Sidikov,

Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *