DIQQAT E’LON!

JIZZAX VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI KAFEDRA MUDIRLARI, PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR LAVOZIMLARIGA TANLOV E’LON QILADI!

❇️ MAKTABGACHA, BOSHLANGʻICH VA MAXSUS TA’LIM METODIKASI KAFEDRASIGA:

✔️ – kafedra mudiri lavozimiga – 1 nafar (boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy darajali yoki ilmiy unvonli);

✔️ – katta o‘qituvchi lavozimiga – 1 nafar (boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha);

✔️ – o‘qituvchi lavozimiga – 1 nafar (inklyuziv ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha);

❇️ TILLARNI O‘QITISH METODIKASI VA IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR KAFEDRASIGA:

✔️- kafedra mudiri lavozimiga – 1 nafar (filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy darajali yoki ilmiy unvonli);

✔️- dotsent lavozimiga – 1 nafar (rus tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy darajali yoki ilmiy unvonli);

✔️- dotsent lavozimiga – 1 nafar (ona tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy darajali yoki ilmiy unvonli);

✔️- dotsent lavozimiga – 1 nafar (ijtimoiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy darajali yoki ilmiy unvonli);

 ✔️- katta o‘qituvchi lavozimiga – 1 nafar (ijtimoiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha);

❇️ ANIQ VA TABIIY FANLARNI O‘QITISH METODIKASI  KAFEDRASIGA:       

 ✔️- kafedra mudiri lavozimiga – 1 nafar (aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy darajali yoki ilmiy unvonli);

✔️- katta o‘qituvchi lavozimiga – 1 nafar (informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha);

✔️- katta o‘qituvchi lavozimiga – 1 nafar (biologiya fani yo‘nalishi bo‘yicha) ;

✔️- katta o‘qituvchi lavozimiga – 1 nafar (geografiya fani yo‘nalishi bo‘yicha);

  ✔️- katta o‘qituvchi lavozimiga – 1 nafar (fizika fani yo‘nalishi bo‘yicha);

✔️-katta o‘qituvchi lavozimiga – 1 nafar (kimyo fani yo‘nalishi bo‘yicha);

❇️ PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA, TA’LIM TEXNOLOGIYALARI  KAFEDRASIGA:    

 ✔️- dotsent lavozimiga – 1 nafar (pedagogika fani yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy darajali yoki ilmiy unvonli);

✔️- dotsent lavozimiga – 1 nafar (boshqaruv yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy darajali yoki ilmiy unvonli);

✔️- o‘qituvchi lavozimiga – 1 nafar (tasviriy san’at va chizmachilik yo‘nalishi bo‘yicha);

  ✔️- o‘qituvchi lavozimiga – 1 nafar (musiqa madaniyati yo‘nalishi bo‘yicha);

✔️- o‘qituvchi lavozimiga – 1 nafar (kutubxonashunoslik yo‘nalishi bo‘yicha);

 ❇️ Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi: 

✔️ – Direktor nomiga ariza;

✔️ – Ma’lumotnoma;

✔️ – So‘rovnoma;

✔️ – Tarjimai hol;

✔️ – 1 dona 4×5 hajmdagi fotosurat (so‘rovnomaga yopishtirilgan holda);

✔️ – Oliy o‘quv yurtini tamomlaganligi haqida diplom nusxasi;

✔️- Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni haqidagi diplom nusxasi;

✔️- Chop etilgan ilmiy maqolalari ro‘yxati.

 📆 Hujjatlar e’lon matbuotda chop etilgan kundan boshlab, bir oy davomida quyidagi manzilda qabul qilinadi:

Jizzax shahri, I.Karimov ko‘chasi, 6-uy (kadrlar bo‘limi).

☎️Telefon: (0372) 226-08-23 

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan