ECOMADANIYAT LOYIHALARI – MIRZACHO`L TUMANIDA

«Eko-madaniyat» umummilliy loyihasini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, yoshlarning atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida Mirzacho‘l tumanida ploging aksiyasi tashkil etildi.

Ploging aksiyasiga Mirzacho‘l tumani hokimligi, Jizzax viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Mirzacho‘l tumani bo‘limi, O‘zbekiston Ekologik partiyasining Jizzax viloyati ijroiya qo‘mitasi vakillari hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1,2, 17, 18, 20-sonli maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.

Aytish joizki, tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabida yoshlarga ekologik ta’lim-tarbiya berish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan, Maktab qoshida tashkil etilgan yosh ko‘ngilli eko- faollar guruhi tashkil etilgan bo‘lib, muntazam ravishda turli ekologik aksiyalar va loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Shu kuni tashkil etilgan ploging aksiyasida tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi jamoasi faol ishtirok etib, eng ko‘p chiqindi to‘plagan jamoa nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.

Tadbir so‘ngida plogingda faol ishtirok etgan jamoalar Jizzax viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyati ijroiya qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

«Eko-madaniyat» umummilliy loyihasi doirasida bunday tadbirlar endilikda Jizzax viloyatiningsh barcha tuman va shahar hududlarida muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.

 

***

Mirzacho‘l tumanida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab «Eko-Velo-marafon» aksiyasi tashkil etildi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, haftada bir kunini sport kuni sifatida belgilanishi, shuningdek, haftaning payshanba kunini «Yoshlar kuni» sifatida tashkil etilishi munosabati bilan o‘tkazilgan sport va sog‘lomlashtirish tadbiriga  Mirzacho‘l tumani hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi Jizzax viloyati ijroiya qo‘mitasi hamda Jizzax viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Mirzacho‘l tumani bo‘lim vakillari, mahalla faxriylari, eko-volontyorlar va yoshlar ishtirok etdi.

Eko-Velo-marafon so‘nggida  ishtirokchilar tuman markazidagi «Ezgu niyat” majmuasida bo‘ldilar.  Majmua hududi ko‘zdan kechirilib, undagi tarixiy va ma’naviy mazmun-mohiyat aks etgan kompozitsiyalar yuzasidan tushunchalar berildi.

Jizzax viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan