MIB XABARLARI

➖🚘HAYDOVCHIDAN JARIMA UNDIRILDI: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Jizzax tumanlararo bo‘limi tomonidan joriy yil boshidan ijro ishi yuritishining soddalashtirilgan tartibda 65633 nafar qarzdordan 25,2 mlrd. so‘mlik qarzdorliklar undirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Do‘stlik tuman sudining 2023 yil 31 oktyabrdagi fuqaro Sh.B.ga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasi 1-qismiga asosan 8,25 mln. so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlanib, 1 yil 6 oy muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Byuroning Jizzax tumanlararo bo‘limiga kelib tushgan. Bo‘lim davlat ijrochilarining sa’y-harakati tufayli ushbu fuqaro tomonidan mavjud qarzdorlik to‘liq to‘landi.

Jamshid MUSURMONOV,
Byuroning Jizzax viloyati tumanlararo
bo‘limi davlat ijrochisi .

➖💵QARZDOR BILAN MULOQOTDAN SO‘NG: Sud hujjatlari va boshqa organlar orqali qarzni undirish yuzasidan chiqarilgan ijro varaqalariga asosan barcha qarzdorlar ham to‘lovlardan bosh tortadi deb bo‘lmaydi. Huquqiy madaniyatli, qarzdorlikni to‘lamaslikning oqibatlarini to‘g‘ri tushuntirilsa, xulosa qiladigan fuqarolarimiz ham ko‘plab topiladi.Fuqarolik ishlari bo‘yicha Forish tuman sudining 2023 yil 11 oktyabrdagi fuqaro S.M. dan Forish tuman soliq inspeksiyasi foydasiga 19,8 million soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Byuroning Jizzax tumanlararo bo‘limiga kelib tushgan. Byuroning Jizzax tumanlararo bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga ijro xujjati bo‘yicha qarzdorlikni to‘lamaslikning huquqiy oqibatlari tushuntirildi. Olib borilgan tushuntirish ishlari samara berdi. Fuqaro o‘z majburiyatini to‘g‘ri anglab yetdi va mavjud qarzdorlikni to‘liq to‘lab berdi.

Azizjon NЕMATOV,
Byuroning Jizzax viloyati tumanlararo
bo‘limi davlat ijrochisi

➖🏦DAVLAT BOJI—MAJBURIY TO‘LOVDIR: Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to‘lovdir.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining 2023 yil 27 oktyabrdagi fuqaro I.X.dan davlat foydasiga 21,1 mln. so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Byuroning Jizzax tumanlararo bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va shu kuniyoq ijro harakatlariga kirishildi. Bo‘lim davlat ijrochilarining olib borgan tushuntirish ishlari natijasida fuqaro belgilangan davlat bojidan qarzini to‘liq to‘ladi.

Azimjon ShЕRQULOV,
Byuroning Jizzax viloyati tumanlararo
bo‘limi davlat ijrochisi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan