BUXORO BO‘YLAB SAYOHAT

Zafarobod tumani mahallalarida yashovchi, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda mehnat qilib, tuman taraqqiyotiga hissa qo‘shgan 40 nafar mehnat faxriysi Buxoro viloyati bo‘ylab ikki kunlik sayohatda bo‘lib qaytishdi.

Faxriylar qadimiy Buxorodagi Ark majmuasi, islom dunyosida yetti pir deb nom olgan Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Orif Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fagnaviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, Xoja Muhammad Bahouddin Naqshbandiy ziyoratgohlarida bo‘lishdi, shaharning boshqa diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishishdi.

—Yil boshidan buyon mehnat faxriylarini respublikamizning turli tarixiy va ziyoratgoh joylariga sayohatga olib bordik, —deydi “Nuroniy” jamg‘armasi Zafarobod tumani bo‘limi raisi To‘xtamurod Mamatqulov. —Ularning Toshkent, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Namangan viloyatlaridagi tarixiy hamda zamonaviy maskanlarga sayohatlari uyushtirildi. Bu tadbirlar nuroniylarimizni nafaqat yurtimizdagi yangi o‘zgarishlar va bunyodkorliklardan boxabar qiladi, balki barkamol avlodni tarbiya qilishda asqotadi, deb o‘ylaymiz.

Ahmad BOLIBЕKOV,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan