XIZMATLAR VA SAVDO

Tumanda moliyaviy (121,3 foiz), aloqa va axborotlashtirish (123,3 foiz) hamda ta’lim sohasidagi (102,5 foiz) xizmatlar ulushi sermahsul bo‘ldi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida eng yuqori savdo xizmatlari 68724,5 mln. so‘mlik bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarish fizik hajm indeksi 121,3 foizga to‘g‘ri keldi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 199,8 mlrd. so‘mni yoki 2022 yilning shu davriga nisbatan 102,8 foizni tashkil qildi.

Yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasida (umumiy ovqatlanishni qo‘shgan holda) 1,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi va umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 0,6 foizni hosil qildi.

Kichik korxona va mikrofirmalarning tovar aylanmasi 24,7 mlrd. so‘mga yetdi, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 12,4 foizga yetdi.

Umumiy tovar aylanmasi hajmining 174,0 mlrd. so‘mi savdo faoliyati bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobiga to‘g‘ri keldi. Ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasi hajmidagi ulushi 87,0 foizga teng bo‘ldi.

M.ESHALIYEV,
Mirzacho‘l tumani statistika bo‘limi
yetakchi mutaxassisi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan