SANOAT KORXONALARI ULUSHI

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga viloyatimizda sanoat sohasida 2752 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tijorat korxonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 99,0 foizi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan to‘qqiz oyda sanoat korxonalari tomonidan 14 trln. 271 mlrd. 700 million so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 107,3 foizga yetgan.

Jumladan, yirik sanoat korxonalari tomonidan 10 trln. 822 milliard. 600 million so‘mlik yoki jami mahsulotlarning ulushi 96,9 foizni tashkil qilgan. Misol uchun «ADM JIZZAKH» MCHJda joriy yilningg o‘tgan to‘qqiz oyida 12484 ta “KIA”, 7335 ta “SHERY” avtomobillari yig‘ilgan.

Viloyat statistika boshqarmasining
sanoat statistikasi bo‘limi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan