O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022 – 2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Garashasoyning Qo‘rg‘on qishlog‘i qismida ko‘prik qurishga kirishildi. Ko‘prik qurilishi uchun respublika budjetidan 5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
“Elitstroy” mas’uliyati cheklangan jamiyati tadbirkorlari tomonidan bunyod etilgan ko‘prikning foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tadbirda mahalla aholisi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Unda mahalladoshlar nomidan so‘z olgan Ilhom Shamsiyev aholiga yaratilgan qulaylik uchun muhtaram Prezidentimizga, viloyat va tuman hokimlariga minnatdorchilik izhor etdi.
Shuningdek, “Garasha” MFY hududidagi Hamdambuloq qishlog‘ida yashovchi Po‘lat Eshqobilov bilan oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, turmushi, ro‘zg‘ori farovonligini ta’minlab kelayotgan yurtdoshlarimizdan.
Himmati baland tadbirkor oila tomonidan qisqa muddatda qishloqdan 79-umumt’alim maktabiga olib o‘tuvchi ko‘prik bunyod etilib, 2-sektor rahbariyati, mahalla aholisi va yoshlar ishtirokida foydalanishga topshirildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati