2023-yilning 1-dekabr holatiga Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Sharof Rashidov tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan yer nazorati tizimida olib borilgan tadbirlar natijasida tuman bo‘yicha 13 ta holatda 1,0 gektar sug‘oriladigan yer maydoni yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.
O‘zboshimchalik bilan egallangan noqonuniy holatlar bo‘yicha qo‘shma tartib asosida xuquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lumotlar kiritildi.
Kadastr agentligi Sharof Rashidov tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan Yangidiyor MFY hududidagi yer maydonlardan maqsadli va oqilona foydalanish ahvoli o‘rganilganda, fuqarolar Sh. Indiyaminova tomonidan 53 kv.m, R. Xudoynazarov tomonidan 60 kv.m, X. Ko‘chimurodov tomonidan 66 kv.m o‘lchamda uy-joy qurib olganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, Qahramon MFY hududidan fuqaro A. Avalboyev 230 kv.m o‘lchamda uy-joy qurish uchun poydevor, “Taraqqiyot” MFY hududidagi “Jizzax dala sevar yurt” fermer xo‘jaligi rahbari O. Akramov tomonidan 7000 kv.m. yer maydonida molxona hamda ayvon, Saraylik MFY hududidan fuqarolar D. Karimov 160 kv.m. uy-joy, B. Qo‘chqarov 1500 kv.m. yer maydonida molxona binosi, Sharilloq MFY hududidan fuqarolar M. Bekmurzayev 74 kv.m. uy-joy, Sh. Mo‘minov 171 kv.m. uy-joy, T. Ergashev 100 kv.m uy-joy, Pastki So‘loqli MFY hududidan fuqarolar A. Irgashev 60 kv.m uy-joy, O. Xolmatov 125 kv.m. uy-joy, D. Axmedov 48 kv.m o‘lchamda uy-joy qurib olganlik holatlari aniqlangan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga havola etilgan. Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar JIB tuman sudiga yuborilgan.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilmalarni belgilangan muddatda bartaraf etmaganligi sababli Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudiga da’vo arizalari kiritildi.Kadastr organlari xodimlari tomonidan albatta bundan keyingi davrlarda ham prokuratura, sud organlari, soliq idoralari, majburiy ijro byurosi kabi tegishli soha vakillari bilan hamkorlikda yer nazorati tizimida amaliy ishlar olib boriladi.
M. SHЕRQULOV,
Kadastr agentligi
Sharof Rashidov tuman bo‘limi boshlig‘i