JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN
Zarbdor tumanidagi korxona, tashkilot rahbarlari, ta’lim muassasalari direktorlari, tadbirkorlar, bozor mamuriyati, mahalla faollari, tuman huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari ishtirokida mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, axolining radikallashuvini oldini olish maqsadida «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman mahallalarida mahalliy aholi va ayniqsa yoshlar o‘rtasida turli xil jinoyatlar hamda huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, tashkilot va ta’lim muassasalari rahbarlarining o‘zlari rahbarlik qilayotgan tashkilotlarida bozor hududlarida, tadbirkorlik obektlarida diniy ijxtimoiy vaziyatni sog‘lomlashtirishligi uchun kerakli ko‘rsatmalar berilib ishtirokchilar uchun “Tinchlik qadri” nomli videorolik namoyish qilindi. Shuningdek tuman hududida tashkilotlar kesimida 4 ta ishchi guruh tuzilib, ular o‘z ish faoliyatlarini boshlashdi.
YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Konstitutsiya ijrosini to‘liq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minlash barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifasidir.
Shu munosabat bilan viloyat prokuraturasining xodimlari tomonidan Jizzax shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Konstitutsiyani o‘rganamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarimizning bosh omili ekanligi va Konstitutsiya normalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
O‘z muxbirimizdan