TЕLЕFON G‘AVG‘OSI

Qilmish-qidirmish

Insonlar qalbini zabt etishga urinayotgan diniy ekstremistik tashkilotlarning asl maqsadi buzg‘unchilik ekanligini sog‘lom fikrli odamlar allaqachon anglab yetganlar. Internet ijtimoiy tarmoqlariga in qurib olgan ba’zi g‘alamislar yaltiroq so‘zlar bilan ommani chalg‘itishga urinmoqda.

Nargiza Yo‘ldosheva nufuzli oliygohning bitiruvchi talabasi (maqoladagi ism va familiya o‘zgartirib berilmoqda) ana shundaylardan biri. U ham ko‘r-ko‘rona internet tarmog‘i orqali diniy mazmundagi materiallarni saqlash va tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan. Unga tegishli bo‘lgan “Redmi Not 8” rusumli telefoni joriy yilning 8 avgust kuni tekshirib ko‘rilganda, telefon apparati orqali “Telegramm”, “Instagram” ijtimoiy tarmoqlarida turli diniy mazmundagi ma’ruzalarni obunachilarga tarqatib kelganligi ma’lum bo‘ldi.

Nargiza Yo‘ldosheva sudda o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon ekani, bunday holat boshqa takrorlanmasligini bayon etib, yengillik berishni so‘rasada, jinoyat ishlari bo‘ycha tuman sudi qarori bilan unga nisbatan 800 000 so‘m jarima jazosi qo‘llanilib, telefon apparati davlat foydasiga musodara qilindi.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, bilimsizlik, kaltabinlik, uzoqni ko‘ra bilmaslik tufayli Nargiza Yo‘ldosheva yo‘ldan adashdi. Endi u ko‘zi ochilib, oqu qorani yaxshi ajratadigan bo‘lsa, ajabmas.

Maqola sud hukmi asosida tayyorlandi 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan