GIYOHVANDLIK— ASR VABOSI

Jizzax harbiy prokuraturasi tomonidan viloyat Adliya boshqarmasi va respublika narkologiya ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda Jizzax garnizonida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarning birida “Giyohvandlik—asr vabosi” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Jizzax harbiy prokurorining o‘rinbosari, adliya kapitani L.Kurbonboyev va soha mutaxassislari so‘zga chiqib, giyohvandlik butun dunyoda keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan eng dolzarb muammolardan hisoblanishi, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish inson sog‘lig‘i va jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi haqida gapirdilar.

Sardor ABROROV,

Jizzax harbiy prokurorining

yordamchisi, adliya mayori.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan