SUD QURILISH-TEXNIKAVIY EKSPERTIZASINING IMKONIYATLARI

Sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi huquqni muhofaza qilish tizimida o‘ziga xos o‘rin tutuvchi maxsus ilmiy-amaliy faoliyat turi hisoblanadi. U ekspertiza qurilish sohasida yuzaga keladigan nizolarni hal etishda asosiy daliliy manba sifatida qo‘llaniladi. Bugungi kunda qurilish sohasi murakkab texnologiyalar va turli normativ-huquqiy hujjatlar bilan chambarchas bog‘langanligi sababli, sud organlari texnik masalalarni mustaqil baholash imkoniyatiga ega emas. Shu bois mutaxassis-ekspertlarning xulosalari sud qarorlarining adolatli va ilmiy asoslangan bo‘lishini ta’minlaydi.

Qurilish-texnikaviy ekspertizaning inson huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni alohida ta’kidga loyiqdir. So‘nggi yillarda sud qurilish-texnikaviy ekspertizasida zamonaviy texnologiyalar keng joriy etilmoqda. lazerli o’lchash, raqamli modellashtirish va BIM tizimlari yordamida obyektlarning aniq o‘lchamlari va holati qayd etiladi. Bu esa inson omili ta’sirini kamaytirib, ekspert xulosalarining aniqligi va ishonchliligini oshiradi. Shu bilan birga, xalqaro standartlarga asoslangan metodikalar qo‘llanilishi O‘zbekiston sud ekspertizasi tizimini global amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi nafaqat texnik va muhandislik jihatlaridan, balki inson huquqlarini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Adolatli sudlovning ta’minlanishi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari himoyasi hamda jamiyatda huquqiy davlat tamoyillarining qaror topishida ekspertiza faoliyati muhim o‘rin egallaydi. Shu bois, sohada malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy izlanishlarni rivojlantirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

B.Zulfiqorov,

Hadicha Sulaymonova nomidagi RSEMning Jizzax viloyat bo’limi yetakchi eksperti

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *