OLIS HUDUDLAR BO‘YLAB

Suyultirilgan gazni iste’molchilarga yetkazib berishda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik muhim masala hisoblanadi. “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali tomonidan olis hududlardagi iste’molchilarga suyultirilgan gaz o‘z vaqtida yetkazilib berilayapti.

G‘allaorol tumani hududi jihatidan yirik va olis qishloqlardan iborat. Oqtom mahallasi tabiiy gaz yetib bormagan hudud. Mahalladagi iste’molchilar suyultirilgan gaz mahsulotlaridan foydalanib kelmoqda. Ammo hamma iste’molchilar ham o‘z xavfsizligini to‘liq ta’minlagan deya olmaymiz. Suyultirilgan maishiy gaz ballonlarini tarqatish va o‘rnatish jarayonida gaz plita bo‘lsa, dudbo‘roni mavjud emas. Yoki maishiy gaz ballonlarining turar joyi to‘liq talabga javob bermasligi gaz ta’minoti xodimlari tomonidan tushuntirildi. Iste’molchilarga bu borada to‘g‘ri tartibda o‘rnatish, gazdan tejamkorona foydalanish yuzasidan ogohlantirish berildi.
Xususan, Guliston mahallasi binosida jam bo‘lgan aholiga shu kabi zaruriy tafsiyalar berildi. Shu kuni iste’molchilarning murojaati ham e’tibordan chetda qolmadi. Aholi muammolarini joyida hal etish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabulda Nazira Nazarova maishiy gaz ballon va ID-karta so‘rab murojaat etgan edi. Iste’molchining turmush sharoiti o‘rganilib, unga “G‘allorol tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan qo‘shimcha maishiy gaz balloni ajratildi, Id-karta faollashtirilib, to‘liq foydalanishga topshirildi.
Bundan tashqari suyultirilgan gazdan to‘g‘ri, oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida iste’molchiga joyida tushuntirilib, ko‘rsatmalar asosida bo‘lgan tarqatma ma’lumotlar taqdim qilinmoqda. Suyultirilgan gaz xonadonlarga xar oyda reja asosida yetkazib berilmoqda.

“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan