DIQQAT, TANLOV!

Jizzax davlat pedagogika universiteti 2023-2024 o‘quv yili bo‘yicha pedagog xodimlar uchun maxsus pedagogika kafedrasida 2.25 shtat logopediya, 1 shtat oligofrenopedagogika, 2 shtat surdotarjimonlik mutaxassisliklari bo‘yicha katta o‘qituvchi lavozimlariga tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi lozim:
– ariza;
– ma’lumotnoma (obektivka)
– shaxsiy varaqa (so‘rovnoma);
– 2 dona fotosurat;
– ilmiy ishlar va maqolalar ro‘yxati;
– diplomlardan nusxa;
– pasport.

Arizalar e’lon matbuotda chiqqan kundan boshlab bir oy muddatgacha qabul qilinadi.
Manzil: Jizzax shahri, Sharof Rashidov shox ko‘chasi 4, JDPUning bosh binosi, 2-qavat, 215-xona (xodimlar bo‘limi).
Murojaat uchun telefon: (72) 226-59-94.
Jizzax davlat pedagogika universiteti ma’muriyati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan