NOQONUNIY QURILISHLAR BARTARAF ETILMOQDA

Yer azaldan xalqning eng asosiy va bebaho boyligi hisoblanadi. Joriy yilning ortda qolgan o‘n bir oy davomida Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Arnasoy tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan yer nazorati tizimida olib borilgan tadbirlari natijasida tuman bo‘yicha 210 ta holatda 61.3 gektar yer maydoni yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi. O‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlari 22 ta holatda 56,7 gektari yer fondining qishloq xo‘jaligi toifasi, 188 ta holatda 5,4 gektari aholi punkti yerlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Yuqoridagi holatlarni bartaraf etish bo‘yicha Arnasoy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan huquqbuzarlarning barchasiga ogohlantirish xatlari berilgan. Shundan 181 ta holat joyida ixtiyoriy bartaraf etilib, yer uchastkasi o‘z xoliga qaytarilgan bo‘lsa, 13 ta holat bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritildi.

Misollarga murojaat qiladigan bo‘lsak: Cho‘lquvar MFY hududidan fuqaro A. Muxammedov, “Bo‘ston” MFY hududidan fuqaro O. Fayziyev, Baxtli MFY hududidan esa fuqaro S. Po‘latovlar huquqiy hujjatlari bo‘lmasada, yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, molxona qurib olganlik holatlari aniqlangan.

Bundan tashqari, joriy yilning 11 oyi mobaynida 134 ta huquqbuzarga (23 ta 60-modda 2-qismi, 30 ta 6-modda 3-qismi, 1 ta 68-modda 1-qismi, 80 ta 68 prim 1-modda) nisbatan jami 1 mlrd. 009 mln. 590 ming so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. Qo‘llanilgan jarimalarning 58 tasidan 108 mln. 980 ming so‘m qismi kadastr organlari tomonidan (amaldagi tartib bo‘yicha 15 kunlik muddatda to‘lovni amalga oshirgan huquqbuzarlarga 52 mln 110 ming so‘m 30 foizlik imtiyozlar qo‘llanilgan) undirilishi ta’minlandi. To‘lanmay turgan 848 mln. 500 ming so‘mlik jarimaning muddati o‘tgan 51 tasidagi 295 mln. 950 ming so‘mlik qismi majburiy undiruvga qaratildi. Majburiy tartibda 5 ta holatda 15 mln. so‘m mablag‘ undirildi. Undirilmagan va shu jumladan majburiy ijroga qaratilmagan jarimalar miqdori 552 mln. 500 ming so‘mni tashkil etmoqda. Mazkur jarimalar bir oylik muddatda ixtiyoriy to‘lanmagan taqdirda tegishli tartibda majburiy ijroga qaratilishi ta’minlanadi.

Kadastr organlari xodimlari tomonidan albatta bundan keyingi davrlarda ham prokuratura, sud organlari, soliq idoralari, majburiy ijro byurosi kabi tegishli soha vakillari bilan hamkorlikda yer nazorati tizmida amaliy ishlar olib boriladi.

 

Begzod Abduraximov,

Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi

Arnasoy tuman bo‘limi boshlig‘i.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan