JIZZAX YOSH BOKSCHILARNI CHORLADI

Kecha Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” sport majmuasida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqalariga start berildi. Unda viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Respublika va Chirchiq  olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi vakillari yilning ilk yirik musobaqasida g‘oliblik uchun bellashadilar.

-Bu musobaqa kelgusida xalqaro arenalarda yurtimiz sharafini himoya qiluvchi nomzodlarni ham saralab beradi, – deydi viloyat sport boshqarmasi matbuot kotibi Mansur Xaydarov – Musobaqada 12 vazn toifasida 168 nafardan oshiq bokschi ishtirok etayapti. Chempionat 25 yanvarga qadar davom etadi. O‘zbekistonning yangi chempionlari bilan kelgusi sonlarimizda tanishtiramiz.

Nursulton ANORBOYEV.

Muallif olgan suratlar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan